French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Topildi otaga Prezident sovg‘asi topshirildi
16:02 / 2023-05-08

FOTOREPORTAJ

Ikkinchi jahon urushi kulfatlari har bir xonadonga yog‘ilayotgan 1943 yilda iskovotlik Topildi Madrahimov 18 yoshda edi. Hayot mashaqqatlari yelkasiga erta tushgan yigit omonat jonini garovga qo‘yib barcha qatori urushga otlandi.  

Bir yildan so‘ng bir oyog‘idan ikki marotaba yaralangan norg‘ul yigit, jangga yaroqsiz, deb topilgan holda ikki tayoqda yurtiga qaytdi. Xotirasiga muhrlangan urush dahshatlari  98 yoshga kirgan otaxonga hali hanuz tinchlik bermaydi.

O‘sha suronli yillar xotiralarini so‘zlar ekan, Yaratgandan “urush” degan ofatning takrorlanmasligini qayta-qayta so‘raydi.

– bugungi to‘kin, tinch, farovon hayotni ko‘rib dilim yayraydi, - deydi otaxon. – Shunday hur, osoyishta turmushimizga faqat va faqat shukronalar keltirmog‘imiz lozim.

[gallery-11776]

9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Topildi otani yo‘qlab, unga Prezidentimiz yo‘llagan tabrikni o‘qib eshittirdi hamda pul mukofoti va sovg‘alarni topshirdi.

Hotam MAMADALIEV, O‘zA