Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“To‘palang GES” da modernizatsiya ishlari yakunlandi
08:51 / 2023-05-22

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati raisi, senator Abdug‘ani Sanginov “To‘palang GES” da yakunlangan modernizatsiya ishlari bilan tanishdi.

Elektr energiyasi ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash uchun Sariosiyo tumanidagi “To‘palang GES” 75 million 400 ming yevro mablag‘ evaziga modernizatsiya qilinib, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. So‘nggi sinov ishlari olib borilayotgan shu kunlarda gidroelektr stansiyasi 64 mVt elektr energiyasi ishlab chiqarib, tarmoqqa uzatmoqda. Bu energiya vohadagi 36 mingdan ortiq xonadonni ekologik toza elektr energiyasi bilan ta’minlayotir.  

Sinov ishlari to‘liq yakunlangach, gidroelektr stansiya to‘la quvvat bilan ishga tushirilib, 175 mVt elektr energiyasi ishlab chiqara boshlaydi. Iste’molchilarga yiliga 467 million kVt∙soat elektr energiyasi uzatib, 126,2 million kub– metr tabiiy gazni tejaydi.

“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati raisi, senator Abdug‘ani Sanginov va tajribali mutaxassislar viloyat rahbariga shu haqda atroflicha ma’lumot berdi. Energiya taqchilligining oldini olishga ko‘maklashishdagi ahamiyati haqida fikr almashdi. Ulug‘bek Qosimov yangi o‘rnatilgan texnologiyalarning ish jarayonlarini kuzatdi. Ulardan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA