Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘palang daryosi qirg‘og‘ida Mirzo Ulug‘bek zarb ettirgan tangalari topildi
12:12 / 2022-03-14

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidan oqib o‘tuvchi To‘palang daryosi qirg‘og‘ida temuriylar davriga oid Mirzo Ulug‘bek tangalari topildi. 

Joriy yil 3 mart kuni Madaniy meros agentligi, Termiz arxeologiya muzeyi, O‘zbekiston davlat san’at muzeyi vakillari tomonidan mahalliy aholidan 512 dona mis tangalar belgilangan tartibda qabul qilib olinib, Termiz arxeologiya muzeyi fondiga topshirilgan. Shuningdek, Surxondaryo viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi va viloyat ichki ishlar xodimlari tashabbusi bilan o‘tkazilgan o‘rganish davomida mahalliy aholida saqlanayotgan 620 dona mis tanga va 1 dona shaxmat donasi tegishli tartibda Termiz arxeologiya muzeyi fondiga topshirilishi ta’minlandi.   

Hozirda Termiz arxeologiya muzeyi tomonidan keng ko‘lamli arxeologik qidiruv-tekshiruv ishlari olib borilmoqda.  

Muzeyi direktori U. Xudoyberdiyev boshchiligidagi maxsus ekspeditsiya a’zolari joriy yilning 9 mart sanasidan e’tiboran hududda arxeologik qidiruv-tekshiruv va qazishma ishlarini olib bormoqda. Arxeologik ishlar jarayonida esa Mirzo Ulug‘bek zarb ettirgan o‘nlab mis tangalar topildi.

[gallery-6133]


Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat) O‘zA