Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TOP-ZOO talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagidagi yoshlarga imtiyozli ta’lim krediti ajratish yo‘lga qo‘yladi
10:05 / 2026-03-05

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Yoshlar va pedagog xodimlarning xorijda ta’lim olishlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bankning Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-ZOO talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagidagi yoshlar va pedagog xodimlarning ta’lim olishlari uchun imtiyozli ta’lim krediti ajratish yo‘lga qo‘yladi. 

Qarorga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-ZOO talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagidagi yoshlar va pedagog xodimlarga bir o‘quv yili uchun 20 ming AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdorda ta’lim krediti ajratish tizimi joriy etiladi. Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan tijorat banklariga resurslar Iqtisodiyot va moliya vazirligining “resurs.imv.uz” platformasi orqali ajratiladi. 

Mazkur qaror bilan Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagidagi yoshlar va pedagog xodimlarga ta’lim kreditini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Nizomda: 

ta’lim kredita uchun mablag‘ ajratiladigan banklarni muvofiqlik mezonlari asosida belgilash; 

xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-ZOO talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun ta’lim kreditini ajratishni rasmiylashtirish; 

ta’lim krediti miqdorini belgilash, uni qaytarish va kredit monitoringini yuritish. 

Ushbu Nizom xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan yoshlar va pedagog xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Iqdisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan imtiyozli ta’lim kreditini ajratish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi. 

Ta’lim krediti banklar tomonidan ularning qaytarilishi, to‘lovliligi, muddatliligi va ulardan maqsadli foydalanish shartlari asosida belgilangan talablarga muvofiq ajratiladi. 

Ta’lim krediti QS (Quacquarelli Symonds) yoki THE (The Times Higher Education) xalqaro reyting tashkilotlarining TOP-300 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan yoshlar (30 yoshdan oshmagan, shu jumladan, 30 yoshda bo‘lgan) va pedagog xodimlarga banklar tomonidan bakalavriat hamda magistratura dasturlarida ta’lim olishlari uchun ajratiladi. Bunda kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar ta’lim krediti shartnomasida birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin. 

Ta’lim krediti xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-ZOO talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagidagi kredit oluvchilarga bir o‘quv yili uchun 20 ming AQSH dollarigacha miqdordagi ekvivalentda milliy valyutada ajratiladi. 

Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

O‘zA