Ma’lumki, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mahallalarda yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan eng ilg‘or yetakchilar ro‘yxati har chorakda e’lon qilinadi.
Shunga ko‘ra, 2024 yilning uchinchi choragi natijalariga ko‘ra, shakllangan TOP-100 yoshlar yetakchilari reytingi e’lon qilindi.
Bu ro‘yxatdan joy olgan yoshlar yetakchilari mahalla tizimida o‘z bilim va fidoyiliklari bilan yoshlarga yo‘l ko‘rsatib, ularning maqsad va intilishlarini amalga oshirishda jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda.

Mazkur reyting natijalari davlatimiz rahbarining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2023 yil 21 dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalarni sifatli va yuqori darajada bajarganiga qarab belgilangan. Ushbu reyting natijalari har chorakda yangilab boriladi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA