Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘ng‘iz ovi qimmatga tushdi
10:56 / 2023-02-24

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi va “Sudoche-Akpetkey” davlat buyurtma qo‘riqxonasi davlat inspektorlari bilan birgalikda Mo‘ynoq tumani hududida o‘tkazilgan tezkor reyd tadbiri davomida noqonuniy harakat qilgan ovchilar ushlandi.

Jumladan, tadbir davomida “Qozoqdaryo” ovul fuqarolar yig‘ini hududida Qorao‘zak tumanida yashovchi fuqarolar S.D, A.U, B.S, Ye.O‘ va M.A. tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” gi qonuni talablarini buzgan holda bir bosh to‘ng‘iz (yovvoyi cho‘chqa) ovlagani aniqlandi. Brokonerlardan 2 dona zaryadlangan o‘q, 3 dona hujjatlari yo‘q ov miltig‘i hamda bir bosh to‘ng‘iz (yovvoyi cho‘chqa) ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat bo‘yicha barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, hududiy ichki ishlar organiga topshirildi.

O‘zA