Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tonga Qiroli evakuatsiya qilindi
19:56 / 2022-01-16

Tonga hududidagi yirik vulqon uyg‘onishi munosabati bilan Qirol Axo-Eitu Tupou VI saroydan boshqa joyga ko‘chirildi. «RIA Novosti» Yangi Zelandiyaning “RNZ” radiosiga tayanib tarqatgan xabarga qaraganda, Polineziyadagi mazkur orol-davlat yetakchisi saroydan xavfsiz manzilga olib o‘tilishi otilayotgan vulqon ta’siri poytaxt Nukualofu shahrigacha yetib kelgandan keyin sodir bo‘ldi.

Bundan avvalroq mahalliy «Matangi Tonga” yangiliklar portali Tinch okeani janubiy qismida joylashgan ushbu davlatdagi Xunga-Xaapay vulqoni jonlangani haqida axborot uzatgan. Shundan so‘ng hukumat aholini sunami yuzaga kelishi ehtimolidan ogohlantirgan.

Qayd etilishicha, turna qator politsiyachilar va harbiylar Qirolni villaga kuzatib borishgan. Mahalliy aholiga imkon darajasida qirg‘oqdan uzoqroq bo‘lish, tepaliklarga chiqib olish tavsiya etilgan. Radio xabarida saroy hududidan tashqari, sohil bo‘yi va poytaxtning asosiy ko‘chasini ham suv bosgani keltirilgan.

Shuningdek, Amerika Samoasida ham sunami xavfi e’lon qilinib, Savay oroli janubiy tomonida joylashgan qishloqlardagi 100 dan ziyod xonadon ulkan to‘lqinlar hosil bo‘lishi oqibatida evakuatsiya qilingan.