Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomskda O‘zbekiston fuqarosi bilan yuz bergan holat yuzasidan politsiya xodimiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
10:42 / 2021-05-07

Rossiya Federatsiyasining Tomsk shahrida Federal xizmat xodimi tomonidan O‘zbekiston fuqarosining huquqi buzilib, unga nisbatan kuch ishlatgani yuzasidan vakolatli idoralarga murojaat qilingani xabar qilingan edi.

Ayni vaqtda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Tomsk viloyati Tergov organlari tomonidan RF JKning 286-moddasi 3-qismi "a" bandida ko‘zda tutilgan (Kuch ishlatish yoki undan foydalanish tahdidi bilan mansab vakolatlarini oshirish) jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinib, politsiya xodimiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.