Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tomosha” bolalar teatr-studiyasi – 35 yoshda
16:07 / 2023-06-01

Poytaxtimizda “Tomosha” bolalar teatr-studiyasi tashkil etilganining 35 yilligi hamda 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tantanali musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov so‘zga chiqib, “Tomosha” bolalar badiiy jamoasi deganda, sho‘x-shodon qo‘shiqlar ijro etuvchi iste’dodli bolalar guruhi barchaning ko‘z oldida namoyon bo‘lishini” ta’kidladi.

Bugungi kunda 35 yoshini keng nisholayotgan ushbu studiya mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan turli tantanalar, bayramlar, musiqiy dasturlarda, “Prezident archasi” tantanalarida faol ishtirok etib kelmoqda.  

“Tomosha” bolalar teatr-studiyasi bolajon rejissyor Nodira Qurbonovaning sa’y-harakatlari bilan dunyo kezdi. So‘nggi yillarda o‘nlab xalqaro nufuzli festivallarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarga, Gran-pri, mukofotlarga sazovor bo‘lmoqda.  

O‘ttiz besh yillik yo‘lni bosib o‘tgan “Tomosha” teatr-studiyasi bugun eng zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Hozircha “Tomosha”  shunday keng sharoitlarga ega bo‘lgan Markaziy Osiyodagi yagona bolalar badiiy jamoasidir.  

Tadbirda jamoa faoliyatida jonbozlik ko‘rsatayotgan rejissyorlar, tegishli soha vakillari “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.  

“Tomosha” bolalar teatr-studiyasining ezgulik, vatanparvarlik, mehr va oqibatni targ‘ib etuvchi teatrlashtirilgan musiqiy dasturi namoyish etildi.  

 

N.Usmonova, O‘zA