Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomorqasida ko‘knori yetishtirilayotgan xonadon aniqlandi
13:32 / 2023-05-30

Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor tuzilmalari tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xabarda qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani xonadonlarining biri belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Ko‘zdan kechirish natijasida, xonadon tomorqasida 208 tupda 550 dona boshoq ko‘knori o‘simligi va yashash xonadonidan taxminan vazni 50 gr. bo‘lgan ko‘knori o‘simligi urug‘lari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Sh.Mamaturopova, O‘zA