Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomorqasi katta xonadonlarning nafaqa olish imkoniyati kengaymoqda
15:43 / 2023-10-26

Mamlakatimizda aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, davlat tomonidan ko‘makka muhtoj fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish yunalishida bir kator tizimli islohotlar amalga oshirilmokda.

Bu kabi ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron ko‘rinishda ariza berishni joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyixasi ishlab chiqildi.  

Mazkur xujjat bilan kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam (ijtimoiy nafaqa) tayinlash va to‘lash tartibiga o‘zgartirish kiritilishining sabablari quyidagilardan iborat.

Soha mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun oilaning voyaga yetgan barcha mehnatga layoqatli a’zosini rasmiy ish bilan band bo‘lishi talab etiladi. Agar oilaning mehnatga layoqatli a’zosidan biri rasmiy ish bilan band bo‘lmasa nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash rad etiladi. Bunda, amaldagi tartib bo‘yicha oilaning tomorqa yer maydoni mavjud bo‘lganda har 4 sotix yerga bir oila a’zosi avtomatik ravishda band deb belgilanadi hamda rasmiy daromad talab etilmaydi.

Hozirda 326 ming tadan ortiq oilaga aynan oila a’zolari avtomatik ravishda band deb belgilanganligi sababli nafaqa tayinlangan. Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu oilalarning a’zolari ishga joylashish, o‘z faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilish orqali rasmiylashtirish choralarini ko‘rmagan. Natijada, amaliyotda o‘ziga to‘q katta xovliga ega bo‘lgan yoki tomorqasidan umuman foydalanmagan oilalarga ham nafaqa tayinlanishi hamda aholi o‘rtasida tizimga nisbatan ishonch kamayishiga sabab bo‘lmoqda.

Misol uchun, 3 farzandlik oilaning 8 sotix yer maydoni mavjud va er-xotin norasmiy daromad oladi. Bunda, er va xotindan bandlik talab etilmaydi va 8 sotix yer uchun 274,4 ming so‘m normativ daromad hisoblanadi. Normativ daromad oiladagi bir kishi (54,8 ming so‘m) uchun eng kam iste’mol xarajatidan kam bo‘lganligi sababli nafaqa tayinlanadi.

Kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, oilaning tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligi maydonida faqat oilaning bir ishsiz a’zosini avtomatik ravishda “band” sifatida qabul qilinib, keyingi a’zolarini faoliyatini rasmiylashtirishi talab etilmoqda.  

Amaldagi tartibga muvofiq, tomorqada band bo‘lgan fuqarolar ihtiyoriy ravishda soliq organida o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish tartibi mavjud. Bunda, o‘zini-o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tgan fuqaroga bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari (330 ming so‘m) ijtimoiy soliq to‘lagan taqdirda nafaqa tayinlashda “band” sifatida qabul qilinadi hamda pensiya hisoblashda 1 yillik ish stajiga ega bo‘ladi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA