Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomorqasi gulzor xontepaliklar
11:36 / 2025-04-18

FOTOREPORTAJ

Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi Xontepa mahallasida 537 ta xonadonning ko‘pi gul yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Qaysi xonadonga kirmang, mo‘’jaz tomorqada rang-barang gullarni ko‘rib, ko‘zingiz quvonadi, ko‘nglingiz yorishib ketadi.

25 yildan buyon tomorqa dehqonchiligidan daromad topib kelayotgan Nurmuhammad Qo‘ldoshev 8 sotix yerda har mavsumda turli gul ko‘chatlarini yetishtirib, mahalliy va qo‘shni viloyat bozorlariga chiqaradi. Qish oylarida ham ish to‘xtamaydi – urug‘, ko‘chat va gullarni yetkazib berish davom etadi.

— Gulchilik mehr va sabr talab qiladi, - deydi mahalladagi yana bir tajribali gulchi Muxtasarxon Qo‘ldosheva. — Bu zavqli ish bilan shug‘ullansam, ruhan orom olaman. Bir mavsumda 50 million so‘mgacha sof daromad qildik. Menga o‘xshab guldan barakali daromad topib, ro‘zg‘ori to‘kin, hayoti farovon hamqishloqlarimiz juda ko‘p. Va ular bilan doimo tajriba almashib, yangi gul navlarini ko‘paytirish, dunyoning turli nuqtalaridan keltirilgan noyob gullarni mahalliylashtirish ustida ishlaymiz.

[gallery-22884]

Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA