French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomorqadan unumli foydalanganlarga kreditlar beriladi
08:19 / 2022-09-15

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi Cho‘michli mahallasida yashovchi usta dehqon Murod aka Isanov xonadonida yurtimizda o‘sadigan barcha turdagi mevali daraxt turlarini uchratasiz. Daraxt oralarida ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining hamma barcha turlaridan mo‘l hosil yetishtirilmoqda.

Asli kasbi sog‘liqni saqlash xodimi bo‘lsada, 0,35 sotix yer maydonida uzumning 8 xil, jumladan Rizamat ota, Kelinbarmoq, Ketmonsopi, Husayni va boshqa turdagi uzum navlari yetishtirilmoqda. Shu kunlarda bu uzumzordan ketma-ket mo‘l hosil yig‘ib, aholi dasturxoniga tortiq etilmoqda.

Shuningdek, Isanovlar xonadonida har yili minglab dona uzum ko‘chatlari tayyorlanib viloyat, tuman va mahalla aholisiga kelishilgan arzon narxlarda va hadya sifatida tarqatilmoqda. Murod aka tok va mevali ko‘chatlar yetkazib bergan xonadonlariga «Bir mahalla - Bir mahsulot» tamoyiliga ko‘ra to‘plagan tajribalari asosida agronomlik tavsiyalarini ham berib kelmoqda.

Isanovlar oilasi qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yiliga uch marta hosil olishni o‘zlashtirgani bilan mahalladoshlari orasida tilga tushib qoldi. Ular yetishtirayotgan olma, behi, uzum, bulg‘or qalampiri, pomidor, sabzi, piyoz, qizil lavlagi kabi meva-sabzavotlarning xaridori hamisha tayyor. Tomorqada chuqurligi 55 metr bo‘lgan artezian qudug‘i qazilgani bois ekinlarni obi-hayot bilan ta’minlash va dehqonchilik ishlari yanada kengaymoqda.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirish bilan bir vaqtda oila a’zolari 20 bosh qo‘y-echki, olti quti asalari, 50 bosh parranda parvarishini ham yo‘lga qo‘ygan.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xodimlaridan tuzilgan ishchi guruhi joylarda bo‘lib, aholiga tomorqachilik borasida maslahatlar berish, Murod aka Isanov kabi oilalarning tajribalarini ommalashtirish choralarini ko‘rmoqda.

Uchrashuvda ishtirok etgan Murod aka Isanov tomorqasida yanada samarali foydalanish istagida issiqxona qurmoqchiligini ma’lum qildi. Buning uchun esa kredit zarurligini aytib murojaat qildi. Kengash xodimlaridan tuzilgan ishchi guruhi kengash huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan dastlabki bosqich uchun 50 million so‘m ajratib beradigan bo‘lishdi.

Qayd etish kerakki, hozirda aholi tomorqalari uchun ham imtiyozli tarzda kreditlar ajratilayotgani ko‘plab oilalarning yerdan yanada unumli va samarali foydalanishini ta’minlash bilan bir vaqtda hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.

Umirzoq Rahmatov,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xodimi