Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomorqada yetishtirilgan ko‘p miqdordagi kannabis fosh etildi
13:01 / 2022-08-22

Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sog‘liq uchun xavfli. Uni saqlash esa qonunga xilof bo‘lib, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Toshkent viloyati IIBB sohaviy xizmatlari va quyi tizim xodimlari tomonidan giyohvandlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurash davom etmoqda.

Xususan, Jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan «Qora dori-2022» doirasida Toshkent tumanida o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbir davomida «Shirin» mahallasida yashovchi fuqaro Sh.R. daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, ushbu shaxs yashash xonadonida 6 kg. marixuana (quruq va ho‘l holatdagi) giyohvandlik vositasini saqlab, 36 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini parvarishlab, yetishtirib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyati Yozyovon tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida esa «Toshhovuz» mahalla hududida yashovchi A.U.ni yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, yotoqxonasidagi shkaf tepasida bir dona gugurt qutisida Gashish giyohvandlik moddasi saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sh.Ne’matov, O‘zA