English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomorqachilikda o‘rnak ko‘rsatayotgan Qosimboy ota
19:27 / 2025-11-27

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Chortoq tumani Arbag‘ish mahallasida istiqomat qiluvchi 70 yoshli Qosimboy ota Oqqo‘ziyev tomorqadan samarali foydalanishda yoshlarga tajriba maktabi vazifasini o‘tmoqda. 

Otaxonning hovlisida barpo etilgan 2 sotixli issiqxona oilaning barqaror daromad manbaiga aylangan. Bir necha yil oldin ekilgan limon ko‘chatlari hozirda yaxshi hosilga kirib, o‘tgan mavsumning o‘zida 800 kilogrammdan ortiq limon berdi. Bu orqali oila daromadiga 20 million so‘mdan ziyod qo‘shimcha tushum kirdi.

[gallery-26450]

Joriy mavsumda esa omilkor bir tonnadan ortiq limon hosilini olishni mo‘ljallagan. Shuningdek, hovlida malina yetishtirish ham boshlangan bo‘lib, bu bilan oila daromadi yanada ko‘payadi.

Shu jihatdan Qosimboy ota nafaqat o‘z oilasiga, balki yoshlarga mehnatdan qochmaslik, o‘z tomorqasiga e’tiborli bo‘lish va tadbirkorona yondashishda munosib o‘rnak bo‘lmoqda.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA