Tomorqachilikda ibrat bo‘layotgan mahalla
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Norin tumanidagi Shohidon mahallasi aholisi tomorqadan unumli foydalanishda ibrat ko‘rsatmoqda.
Mahallada 4 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, aholi soni 3100 nafarni tashkil etadi. Hudud drayveri chorvachilik va dehqonchilikdan iborat.
E’tiborlisi, xonadonlarning aksariyatida “Bir mahalla - bir mahsulot” tamoyili asosida issiqxona tashkil etilgan. Ularda asosan pomidor, bodring yetishtirilib, ro‘zg‘orga yaxshigina daromad kiritilmoqda.
[gallery-26219]
Fuqarolardan biri, Habibullo Mahmudov tomorqasida tashkil etilgan ixcham issiqxonada ham ayni paytda ish qizg‘in. Issiqxonada yetishtirilgan pomidor bozorga chiqarilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA