Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomorqachilik rivojlanishi ta’minlanadi
12:05 / 2021-01-24

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashida ham Prezidentimizning Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasiga bag‘ishlangan videoanjuman o‘tkazildi.

Tadbirda agrar tizimda bajarilishi shart bo‘lgan kelajakdagi vazifalar aniq belgilab olindi.  

– Joylarda artezian quduqlari barpo etishning manzilli dasturlariga ko‘ra, hududlarda quduqlar ishga tushirildi, – deydi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘rinbosari Abdushokir Rahimov. – Shuningdek, 133 ming gektar yoki o‘tgan yilga nisbatan 2 barobar ko‘p maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar o‘rnatildi. Joriy yilda quduqlar va suv tejaydigan texnologiyalar sonini yanada oshirish mo‘ljallanmoqda.  

– Yurtboshimizning Murojaatnomasini chekka hududlarida yashovchi oddiy aholidan tortib, mas’ul lavozimda mehnat qilayotgan rahbar xodimlargacha diqqat bilan tingladi, – deydi qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Husan G‘iyosov. – Ayniqsa, Murojaatnomaning kutilmagan fikrlarga boy bo‘lgani, xususan, kambag‘allikni qisqartirish va qishloq aholisi daromadlarini ko‘paytirishda eng tez natija beradigan omil – qishloq xo‘jaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirishga qaratilganidir.

Davlatimiz rahbari 2021 yilda barcha hududlarda qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazlari yaratish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Bu markazlarda 100 dan ortiq agroxizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan, yerlarning sifatini yaxshilash, kasalliklarga qarshi kurashish, urug‘larni tanlash va boshqa xizmatlar “yagona darcha” tamoyili asosida amalga oshiriladi.

– Bu yildan qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, yerning unumdorligini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishga ilk bor 600 million dollardan ziyod kredit va grant mablag‘lari jalb qilinadi, –deydi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakili Vafo Latipov.– Bu ham joriy yilda fermer-u tomorqachilarimiz yanada ko‘proq mehnat qilib, mo‘l hosil yetishtirishi uchun yaratiladigan imtiyozlardan biridir.

“Bir mahalla – bir mahsulot tamoyili” asosida joriy yilda qator tumanlarda hamda barcha hududlardagi 1639 ta mahalla fuqarolar yig‘ini xonadonlarini muayyan turdagi mahsulotlar yetishtirishga ixtisoslashtirish, ikki va uch marta hosil olish yo‘lga qo‘yiladi.

S.Shoyeva, O‘zA