Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tomorqachilar maktabi”ga Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi homiylik qiladi
11:32 / 2020-02-28

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Haitov xalq bilan ochiq muloqot qilish, odamlarning dardini eshitish va og‘irini yengil etish maqsadida Surxondaryo viloyatiga bordi.


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Haitov xalq bilan ochiq muloqot qilish, odamlarning dardini eshitish va og‘irini yengil etish maqsadida Surxondaryo viloyatiga bordi.

– Prezidentimiz Murojaatnomasida oliy ta’lim qamrovini oshirish, davlat grantlarini ikki barovarga ko‘paytirish, qizlarimiz uchun alohida grantlar ajratish borasida bir qator masalalar o‘z aksini topdi, – dedi A.Haitov. – Ayniqsa, maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2020 yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetkazish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Yuzma-yuz muloqotlar davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolarni o‘rtaga tashlash barobarida zarur takliflarni ham bildirdi. Xususan, oltinsoylik F.Rajabov Samarqand viloyatida turkiyalik ishbilarmonlar olmaning “pink ledi” degan navi yetishtirayotganini aytib, buni payvandlab, yetishtirishni yo‘lga qo‘yish kerakligini aytar ekan, hududda mevalarni payvandlash, yangi navlar yaratishni o‘rgatadigan maktablar yo‘qligini hisobga olib, shunday maktablar tashkil etish taklifini bildirdi.

– Farg‘ona viloyatining Vodil qishlog‘idan o‘qishga kelganman, – deydi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali talabasi Sadoqat Sharofiddinova. – Qishlog‘imizda malina mevasi yetishtiriladi va aholining ko‘pchiligi shundan daromad qiladi. Surxondaryoda ham Vodilning ob-havosiga o‘xshash salqin hududlar bor. Masalan, Boysun tumani. Ana shu tumanda malina yetishtirish yo‘lga qo‘yilsa, voha aholisi ham bu foydali mevadan bahramand bo‘ladi. Qolaversa, yilda bir marta bozorlarda ko‘rinish berib, o‘ta qimmat narxda sotiladigan bu mevaning narxi ham hamyonbop bo‘lardi.
Bu taklifga A.Haitov Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi homiyligida “Tomorqachilar maktabi” tashkil etilishini ma’lum qildi.

Suhbat va muloqotlar chog‘ida saylovchilar Termiz shahridagi avtobuslar harakati, shaharda avtobuslar to‘xtashi uchun bekatlar yetarlicha qurilmagani, oliy o‘quv yurtlariga kirish bo‘yicha qabul kvotalari hududlardagi ehtiyoj va talablarga qarab ham imtiyoz berilishi, o‘qishga kira olmay, uyda bekor qolgan yoshlarni jamoat tashkilotlari nazoratga olib, ularni foydali ish bilan band qilish haqidagi takliflarni ham aytib o‘tishdi.

A.Haitov Termiz shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “Surxon Termiz chinni” va Termiz tumanidagi “Surxon-keramiks” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Ishlab chiqarish ko‘lamini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi. Ish samaradorligini oshirishga qanday to‘siqlar bo‘lsa, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari ularni bartaraf etishga tayyorligini bildirdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari A.Haitovning surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.