Samarqand viloyatidagi «Jomboy ko‘chatchilik tomorqa xizmati» MCHJ negizida tashkil qilingan Tomorqachilikni rivojlantirish ilmiy markazi faoliyati tashkil etildi.
Hozirga qadar unda tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarida Navoiy viloyatining Karmana Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on, Samarqand, Pastdarg‘om tumanlaridan kelgan agronomlar, tomorqa yer egalari, dehqon xo‘jaliklari vakillari kelib, bilim va ko‘nikmalarini oshirishdi.

O‘quv kursida O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘rinbosari T.Sattarov ishtirok etib, aholining tomorqa xo‘jaliklari yerlaridan foydalanishda innovatsion yondashuvi ularning dehqonchilik sir-asrorlarining qay darajada egallaganligi, bilim va malakasining yetarli yoki yetarli emasligiga bog‘liq ekanini alohida qayd etdi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari ishtirokchilari professor-o‘qituvchilardan olgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etilishi ortidan yaxshigina daromad olishlarini yaxshi anglab yetishadi. Ana shunda har yili tomorqadan 3-4 marta hosil oladigan tomorqachilar ko‘payishi ortidan bozorlarimizda mahsulotlar mo‘l va arzon bo‘lishi shubhasiz.
O‘zA