Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomorqa – yil bo‘yi mehnat, yil bo‘yi daromad
13:00 / 2019-09-25

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi Tuyuqli mahallasi aholisi tomorqadan samarali foydalanish hadisini olgan. Mahallada 100 ziyod xonadonda issiqxona bor.


Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi Tuyuqli mahallasi aholisi tomorqadan samarali foydalanish hadisini olgan. Mahallada 100 ziyod xonadonda issiqxona bor.

Fotima Begimqulova bundan bir necha yil oldin 2 sotixli issiqxona barpo etgan edi. Har yili qish oyida bozorga ikki tonna bodring sotadi. Qishning oxirida bodringdan bo‘shagan yerga rediska ekadi. Yer bo‘sh turmaydi. Issiqxonaning o‘zidan 25-30 million daromad qiladi.

Bundan tashqari, 3 sotix ochiq maydonga sarimsoq ekkan. Uni qish oylarida sotadi. Mirishkor oila 5 sotix tomorqasidan bir yilda 85-90 million so‘m daromad olmoqda.

– Hozirgacha mahallamizdagi xonadonlar tomorqalarida 6,5 gektar maydonga to‘qsonbosti ekinlari ekildi, – deydi “Tuyoqli” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi To‘lqin To‘xtaboev. – Mahallamiz ahli tomorqadan yil bo‘yi daromad olishga o‘rgangan. Bu ishning yana bir yaxshi tomoni oilada bolalar mehnatga o‘rganadi, ularda dehqonchilik, tadbirkorlik madaniyati shakllanadi.

Hududi Jizzax shahriga tutash tumanda qadimdan ziroatchilik aholining asosiy kasbi, daromad manbai bo‘lib kelgan. Hukumatimiz tomonidan tomorqachilikni rivojlantirish va rag‘batlantirishga qaratilayotgan e’tibor samarasida tuman aholisining shahar bozori serobchiligini ta’minlashdagi hissasi yanada ortdi.

Tuman hududidagi 33 ming 215 xonadon 1 ming 700 gektar yer maydoniga ega. Keyingi yillarda bu tomorqa maydonlarining asosiy qismidan unumli foydalanilmoqda.

Ishchi guruh ma’lumotiga ko‘ra, bu yil xonadonlardagi 443 gektar maydonga to‘qsonbosti ekinlari ekish rejalashtirilgan. Avgust, sentabr oylarida 77 gektar yerga piyoz, 70,2 gektar yerga sarimsoq ekilgan. Boshqa ekinlarni ekish davom etayotir.