Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomorqa yer egalarining zamonaviy bilim-ko‘nikmalari oshirilmoqda
12:15 / 2021-11-12

Mamlakatimizdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining aksariyat qismini yetishtirayotgan fermer, dehqon xo‘jaliklari rahbarlarining ham mamlakatimizda sohada olib borilayotgan tub islohotlar mohiyatidan xabardor bo‘lishi ularning faoliyati samaradorligi oshishiga xizmat qilishi shubhasiz.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining “Dehqon xo‘jaliklari va tomorqalarda ekin ekishni tashkil qilish” bo‘limi hamda kengash huzuridagi “Qishloq biznesi uchun maslahat xizmati” unitar korxonasining asosiy faoliyati yurtimizdagi fermer, dehqon xo‘jaliklari, “Tomorqa xizmati” MCHJ rahbarlari, xodimlarining aynan shu yo‘nalishdagi malakasini oshirishga yo‘naltirilgan.

Ushbu tashkil qilinayotgan qisqa muddatli o‘quv kurslarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 iyuldagi “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati mamlakatimizning fermer, dehqon xo‘jaligi rahbarlariga tushuntirib berildi. Uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarini kompleks rivojlantirish, dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqasidan samarali foydalanish, “Tomorqa xizmati” MCHJ xizmatlarini yanada rivojlantirish borasida mutaxassislarning aniq takliflari tinglandi, ilg‘or tajribalar o‘rtoqlashildi.

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 iyuldagi “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda uzumchilikni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi, deydi kengash bo‘lim boshlig‘i F.Suyunov. – Ushbu o‘quv kurslarini tashkil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham tomorqa yer egalarining bu boradagi zamonaviy ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

O‘quv jarayonida uzum yetishtirish borasidagi xorijiy tajribalardan samarali foydalanishga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, Kengash huzuridagi “Qishloq biznesi uchun maslahat xizmati” unitar korxonasi direktori o‘rinbosari X.Boltayev Gretsiyadagi uzumchilik borasidagi ilg‘or tajribalar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.

– Qisqa muddatli o‘quv kursida tinglovchilarga qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, uzumchilikka innovatsiyalarni tadbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor berildi va mutaxassislarga bu boradagi eng ilg‘or yondashuvlar o‘rgatildi, – deydi unitar korxona direktori o‘rinbosari X.Boltayev. – Shu bilan birga, ularning uzumchilikka oid nazariy bilimlari va amaliy tajribalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu o‘quv mashg‘ulotida respublikamizning barcha hududlaridan fermer, dehqon xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etdi. Bu tinglovchilarga O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining yetuk mutaxassislari bilan bir qatorda uzum yetishtirishda katta tajribaga ega bo‘lgan usta dehqonlar o‘zlari qo‘llayotgan amaliy ishlar bo‘yicha amaliy tavsiyalarini berishdi.