Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomorqa yer egalari uchun navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi
16:55 / 2021-06-04

Pandemiya tufayli dunyoning ko‘plab davlatlarida oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyoj oshib bormoqda. Shu boisdan oziq-ovqat xavfsizligi eng muhim global masalalardan biriga aylanmoqda.

Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu borada tomorqadan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilib, dehqonlarimiz har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani yetishtirilayotgan mahsulot hajmini oshirishda qo‘l kelmoqda.  

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bu borada qishloq xo‘jaligi sohasi vakillariga yaqindan ko‘maklashib, ularga qaysi ekinni qaysi muddatlarda ekib, mo‘l hosil olish mumkinligi, qaysi kasallik yoki zararkunandaga qarshi kurashishning aniq muddatlari haqida ma’lumot va tavsiyalar berib bormoqda.

Jumladan, Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi Jomboy ko‘chatchilik o‘quv markazida bo‘lib o‘tgan mahorat darsida ham ayni jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.

"Jomboy ko‘chatchilik tomorqa xizmati" MCHJ negizida tashkil etilgan tomorqachilik klasterida tomorqadan samarali foydalanish afzalliklari, 3-4 marotaba hosil olish sirlari, xususan, sarimsoqpiyoz ekish va parvarishlashga bag‘ishlangan mahorat darsida viloyatning Jomboy, Bulung‘ur, Tayloq, Urgut, Samarqand tumanlaridan kelgan tomorqa yer egalari va mahalla vakillari ishtirok etdi.  

O‘quv darsi davomida Jomboy tumanida yashovchi Ra’no Astonova xonadonida yetishtirilayotgan sarimsoqpiyozning holati o‘rganildi. Bu ekinni yetishtirish bo‘yicha qisqa va foydalanishga qulay bo‘lgan o‘quv qo‘llanmalari tarqatildi.

Ishtirokchilar sarimsoqpiyoz yetishtirish va tomorqa tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.

 

O‘zA