Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tomorqa xizmati” korxonalari klaster tizimiga oʻtkazilmoqda
12:30 / 2020-08-02

Keyingi vaqtda “Tomorqa xizmati” MCHJlari haqidagi gaplar tez-tez quloqqa chalinmoqda


Keyingi vaqtda “Tomorqa xizmati” MCHJlari haqidagi gaplar tez-tez quloqqa chalinmoqda. Ayni vaqtda umumiy soni 367 oshgan bu tashkilot nimalar bilan shugʻullanmoqda? Tomorqa egalariga qanday koʻmak bermoqda? Bizni qiziqtirgan bu savollarga Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Jahongir Rahmonov javob berdi:

“Tomorqa xizmati” yer uchastkalarida serhosil va yuqori daromad beradigan qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, sifatli, serhosil, kafolatlangan urugʻ hamda koʻchatlar yetkazib, yerga ishlov berish, mineral oʻgʻit bilan taʼminlashda faol ishtirok etmoqda. Bu xizmatlar tomorqachilar bilan tuziladigan fyuchers shartnomasi asosida amalga oshirilmoqda.

Hozirga qadar kengash huzuridagi fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi 63 ta “Tomorqa xizmati” korxonasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashdi. Natijada ularning balansida 330 ortiq traktor va mini traktorlar, 74dan ziyod motokultivator, 230 yaqin yuk tashish mashinasi kabi qishloq xoʻjaligi texnikalari shakllantirildi.

Shuningdek, “Tomorqa xizmati” larida yillik quvvati 25,5 ming tonnalik 87 ta sovutish omborxonasi ishga tushirilib, 116 ming tonnalik quritish, saralash va qadoqlash uskunalari bilan jihozlandi.

2020-yilning bahorgi ekish mavsumida bu xizmat koʻmagida 20,5 mingta xonadon yerlari shudgorlandi, 36,1 ming xonadonga zarur urugʻlik yetkazib berildi, 39,6 ming xonadonga koʻchat yetkazib berildi. Bundan tashqari, 9,4 ming xonadonga ixcham issiqxona qurib berildi, 7 mingdan ortiq xonadonga asalari, quyon, kurka, echki, qoramol kabilar yetkazib berildi.

Albatta, bu ishlar oʻzining samarasini berdi. Aholi tomorqalarida yetishtirilayotgan mahsulotlarni bir qator “Tomorqa xizmat” korxonalari eksportga ham chiqarishni boshladi. Jumladan, Toshkent viloyati Ohangaron “Tomorqa xizmati” korxonasi 92 ming dollarlik olma va piyoz mahsulotlarini, “Xatirchi tomorqa xizmati” korxonasi 2,2 million dollar miqdorida aholi tomorqalarida yetishtirilgan mosh, mayiz, xurmo, kunjut, noʻxat, fasol, uzum mahsulotlarini Qozogʻiston, Gruziya, Turkiya, Eron, Iroq va Ozarbayjon davlatlariga eksport qildi.

Shunga oʻxshash, Amudaryo, Ellikqalʼa, Qoʻrgʻontepa, Romitan, Peshku, Zarbdor, Kasbi, Xatirchi, Karmana, Yangiqoʻrgʻon, Kosonsoy, Kattaqoʻrgʻon, Yangiariq tumanlaridagi tomorqa xizmati korxonalari faoliyati ham tizimli yoʻlga qoʻyilgan.

Hozirda 20 ortiq “Tomorqa xizmati” korxonalarini klaster tizimda faoliyat yuritishlari uchun zarur boʻlgan barcha amaliy choralar koʻrilmoqda.