FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Toshloq tumani aholisi tomorqa dehqonchiligida katta hayotiy tajribaga ega. Xususan, tumandagi «Qanjirg‘a» MFYda 739 ta xonadon bo‘lib, oilalar tomorqalarida 400 dan ortiq issiqxona tashkil etilgan. Bu issiqxonalarda asosan ko‘katlar va turli sabzavot ko‘chatlari yetishtiriladi.
[gallery-10387]
“Qanjirg‘a” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Adham Hoshimov ham 15 yildan beri o‘z tomorqasidan topayotgan daromad bilan ro‘zg‘or tebratadi.
- 15 sotixli tomorqamizdan yiliga uch-to‘rt marotaba hosil olamiz, - deydi A. Hoshimov. - Oilamizning yil davomida tomorqadan topadigan daromadi 70 million so‘m atrofida bo‘ladi. Shundan to‘ylar qildik, uylar qurdik. Xullas, ko‘rib turganingizdek, tomorqa – xazina manbai.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA