Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomorqa koni foyda
11:48 / 2025-06-05

Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi “Bozorjoyi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Zarif Xayrulloyev yerning tilini bilgan, tajribali usta dehqonlardan.

Hovliga kirsangiz hayratda qolishingiz tayin. Bir qarich ham bo‘sh yerni ko‘rmaysiz. Turli ko‘kat, kartoshka, sabzi va boshqa poliz ekinlari shunday tartib bilan ekilganki, havsingiz keladi. 

– Tomorqamda 20 turdagi mevali daraxtlardan hammasi bor. Shu yil nasib etsa o‘rik, olma ayniqsa anor mo‘l bo‘ladi. Shu yil gilosdan 7 million daromad oldim. O‘zim payvand qilib, bozorning oldi bo‘lgan navlarni yaratganman. Erta bahorda payvand ko‘chatlarni olib chiqib sotamiz. Shu yil 2 millionga yaqin payvand ko‘chatlarni sotib 15 million daromad qildik. O‘zimizdan ortgan olma, o‘rik, gilos va svbzavot mahsulotlarini bozorda sotamiz. Har yili ulardan 40 million so‘mga yaqin foyda ko‘ramiz. Ro‘zg‘ordagi xarajatlardan tashqari, bir yilda 80 million so‘m sof foyda bor. Dehqonchilik tufayli turmushimiz, ro‘zg‘orimiz to‘kin. Farzandlarni uyli-joyli qildik. Yangi uy qurib, ham mashina, ham “Lochin” rusumli mototsikl oldik, – deydi usta dehqon Zarif Xayrulloyev.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.