Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TOMORQA: Ekin ekkan tekin yer
08:01 / 2020-07-03

Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Yangilik” MFYda yashovchi Ziyovuddin Davletov uyi darvozasiga “Obod xonadon” degan yozuv ilingan.


Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Yangilik” MFYda yashovchi Ziyovuddin Davletov uyi darvozasiga “Obod xonadon” degan yozuv ilingan. Bu eʼtirofni oʻqigan koʻpchilik havas qiladi. Obod xonadonning mehnatkash aʼzolaridan ibrat olib, barakali, fayzli ish boshlaganlar ham koʻp.

Ziyovuddin akaning hovlisiga kirsangiz, rayhonu gullar, meva-sabzavotlar iforidan dimogʻingiz chogʻ boʻladi. Tajribali dehqon bu yil 9 sotix tomorqasiga toʻrt marta ekin ekib, moʻmay daromad topmoqda.

– Erta bahorda bozorga qulupnay olib chiqdik, – deydi Ziyovuddin aka. – Qulupnaydan boʻshagan yerda sabzi va joʻxori yetishtirdik, hozir kartoshka, bodring ekkanmiz. Kechki qulupnay ham ekib qoʻydik. Nasib qilsa kuzgacha hosil yetishtiramiz. Mahallamizda biz kabi tomorqadan yaxshi foyda olayotgan oilalar koʻp. 

Prezidentimizning aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir yaqinda chiqqan qarori biz kabi oilalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Qarorda aholi tomorqalarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash uchun kichik hajmli sovutgichlar barpo etish uchun kredit ajratish belgilandi. Biz shu imkoniyatdan foydalanmoqchimiz.