FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani aholisi azaldan omilkorligi bilan tanilgan. Ular tomorqaning har qarich yeridan unumli foydalanadi.
Qozoqovul mahallasida istiqomat qiluvchi Mamatali ota Yusupov tabarruk 90 yoshni qarshilagan bo‘lsada, o‘z xonadoni tomorqasida hanuz javlon urib mehnat qiladi. Bu uning sevimli yumushi.
Mamatali otaning tomorqasida ro‘zg‘or uchun zarur deyarli barcha qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiriladi. Ro‘zg‘ordan ortgani qishloqdoshlarining dasturxonini ham bezamoqda.
Otaxon yerga bo‘lgan munosabati va tirishqoqligi bilan yoshlarga o‘rnak.
Mahallaning yana bir omilkori – Tolibjon Ismoilov o‘z tomorqasidan samarali foydalanib, so‘nggi 1 yil davomida 60 million so‘mdan ortiq daromad qildi.
[gallery-22937]
Qozoqovulning yana bir mirishkori Tohirjon Qo‘chqorov o‘z tomorqasida asalarichilik hamda malina va smorodina yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. Tabiiy asal va mevalarni mahalliy bozorga chiqarib, yaxshi daromad topmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA