Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomorqa daromad manbai
11:53 / 2025-04-04

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanining Qoraqulonchi mahallasida dehqonchilik, ancha rivojlangan bo‘lib, hozirda aholi tomorqa yeri 140 gektarni tashkil etadi.

Shundan qariyb 60 gektarda issiqxona barpo etib, yil bo‘yi turli mahsulotlar yetishtirib kelinadi. Sanjar Achilov ham mahalladoshlari kabi tomorqadan unumli foydalanib kelmoqda.   

– Karam yetishtirib kelayotganimga 3-4 yil bo‘ldi, – deydi Sanjar Achilov. – Avvaliga 2 sotix maydonda yetishtirgan edim. Vaqtida parvarish qilinsa, o‘ylangan hosilni olish mumkin. Har yili 35-40 million so‘m karamni o‘zidan sof daromad olamiz. Asosiysi, halol mehnat orqasidan muhtojlik bilmay, ro‘zg‘orni but qilyapmiz. Tomorqa daromad manbai.   

Shubhasiz, dehqonchilikda katta tajriba orttirgan xonadonda olinayotgan mahsulot ham oila farovonligiga xizmat qilmoqda. Halol mehnatdan kelayotgan daromad oila orzusi ro‘yobiga, farzandlar ta’lim-tarbiyasiga,ro‘zg‘or kamini to‘ldirishga sarflanmoqda. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.