FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyati Olot tumani hokimi Nargiza Ne’matova O‘zbekiston mahallasida aholi muammolari, tomorqa bilan shug‘ullanayotgan oilalar hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyati, bandlik masalasini o‘rgandi.
Mas’ullar Mirishkor ko‘chasida yashovchi Shamsiddin Yo‘lliyev xonadoniga tashrif buyurdi.
Xonadon tomorqasida issiqxona tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda pomidor, bodring, baqlajon, achchiq qalampir kabi ko‘chatlar yetishtiriladi.
- Issiqxonamizning bir sotix maydoniga 30 mingta “Alamina” navli pomidor ko‘chatini egganmiz, - deydi Mashhura Yo‘lliyeva. - 8 sotix joyga esa “Kamodo” navli pomidor ekdik. Har bir ko‘chatdan 5 kilogrammgacha hosil olish mumkin. Hosil uch oyda to‘liq pishib yetiladi.
[gallery-16194]
Tuman hokimi hududda tomorqachilikni yanada rivojlantirish, xonadonlarda uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, urug‘chilik, ko‘chatchilik, gulchilik kabi faoliyat turlarini tashkil etish kerakligini ta’kidladi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA