Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida tomorqachilik aholining barqaror daromad manbaiga aylangan. Deyarli barcha xonadonlarda yilning to‘rt faslida ham tomorqa yerlaridan samarali foydalanilmoqda.
Tuman hududidagi 49 ta mahallada joylashgan 38 ming 900 ta xonadon ixtiyoridagi 6 ming 652 gektar tomorqa yerlari doimiy daromad keltirmoqda. Qish fasli ko‘pchilik uchun dam olish mavsumi sanalsa-da, amudaryolik tomorqa yer egalari bu davrda ham tinimsiz mehnat qilmoqda. Issiqxonalarda turli qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirilib, bozorlar uzluksiz mahsulot bilan ta’minlanayapti.
Xolimbeg qishlog‘ida yashovchi Erkinboy Qo‘shayev ko‘p yillardan buyon 12 gektar yer maydonida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirib keladi. Uning xonadonidagi bir sotixli issiqxonadan yiliga uch marta hosil olinib, 20–25 million so‘mgacha daromad olinmoqda. Shuningdek, tomorqa egasi kurka va quyon boqishni ham yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ushbu faoliyatdan oyiga o‘rtacha 1,5–2 million so‘m atrofida foyda ko‘rmoqda.
[gallery-27627]
Kam xarajat evaziga yuqori hosil olish yo‘lida doimiy izlanayotgan fermer 2025-yil mart oyida toshkentlik olimlar tomonidan yaratilgan yangi kartoshka navini ilk bor ekib ko‘rdi. Natija kutilganidan ham yuqori bo‘ldi.
Shu kabi omilkor dehqonlar sa’y-harakatlari tufayli Amudaryo tumanida tomorqachilik nafaqat oilaviy daromad manbai, balki hudud iqtisodiy barqarorligining muhim omiliga aylanmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/PNrrv2HY6TU" title="Tomorqa — barqaror daromad manbai" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Maqsad HABIBULLAEV (surat, video), O‘zA