Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomonlar hamkorlik istiqbollarini o‘rganadi
12:55 / 2023-05-20

“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati va Daniyaning “Haldor Topsoe” kompaniyasi Global vitse-prezidenti boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida muzokaralar o‘tkazildi.

O‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuvda  “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Daniya kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan olovga bardoshli inshootlarda oltingugurt chiqindilarini va yoqilg‘i gazining yonishini kamaytirish bo‘yicha loyihalar muhimligini ta’kidladi.  

O‘zbekiston tomonidan barqaror rivojlanish loyihalariga investorlarni jalb qilish va chiqindilarni kamaytirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga yordam beradigan texnologiyalarni rivojlantirish loyihalariga katta qiziqish bildirildi.  

Qayd etilganidek, Daniyaning “Haldor Topsoe”  kompaniyasi  

katalizatorlar ishlab chiqarishga va katalitik jarayonlarga asoslangan texnologik qurilmalarni loyihalashga ixtisoslashgan. Uchrashuvda  Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi va Muborak gazni qayta ishlash zavodida “Haldor Topsoe”  kompaniyasining kislotali gazni tozalash qurilmasidan foydalanish – WSA loyihasi muhokama qilindi.  

Tomonlar yakunda barcha sohalardagi hamkorlik istiqbollarini o‘rganish va barcha qo‘shma loyihalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.  

 

N.Ziyodullayeva tayyorladi,  

O‘zA