Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomdibuloqda ko‘p qavatli uylar qurilishi sifati o‘rganildi
12:12 / 2026-01-22

FOTOREPORTAJ

Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan hududda barpo etilayotgan qurilish ob’ektlari ustidan muntazam monitoring ishlari olib borilmoqda.

Navbatdagi nazorat tadbiri Tomdi tumani “Tomdibuloq” MFY “Sharq” dahasida qad rostlayotgan ko‘p qavatli turarjoylarda o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida mutaxassislar qurilishda qo‘llanilayotgan materiallar sifati, texnologiyalar hamda ularning amaldagi me’yor va standartlarga muvofiqligini atroflicha tahlil qildilar.

[gallery-27240]

Shuningdek, ob’ektning loyiha hujjatlariga muvofiqligi, bajarilayotgan ishlar sifati va xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan tegishli nazorat ishlari amalga oshirildi.

Viloyatning boshqa hududlarida ham monitoring tadbirlari izchil davom etmoqda.

Siroj ASLONOV(surat),O‘zA