Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomdi tumanida chorvachilikdagi qonun buzilishlar bartaraf etilmoqda
14:14 / 2022-07-27

Tomdi tumani Navoiy viloyatining olis tumanlaridan biri bo‘lib, bu yerda asosan chorvachilik rivojlangan.

Mamlakatimizda naslchilik ishlarini takomillashtirish orqali sifatli qorako‘l teri yetishtirish, ozuqabop ekin maydonlarini tashkil etish va yaylovlar hosildorligini oshirish, qorako‘lchilik sub’ektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

bugungi kunda tumanda jami 238 ta sub’ekt faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan 2 tasi qoramolchilik, 201 tasi qo‘ychilik, 25 tasi yilqichilik, 10 tasi tuyachilik va 2 tasi parrandachilik yo‘nalishidagi sub’ektlardir.

– Joriy yilning olti oyi davomida tumanda chorvachilik yo‘nalishida qator nazorat tadbirlari o‘tkazildi, – deydi “O‘zagroinspeksiya” Tomdi tuman bo‘limi chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish bo‘limi katta inspektori A’zam Saidov. – Jumladan, o‘tgan davr mobaynida 72 ta nazorat tadbiri o‘tkazilib, barchasida qonun buzilish holatlari aniqlandi. Kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida fermer xo‘jalik va mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbarlariga 67 ta holatda yozma ko‘rsatma, 130 ta ogohlantiruvlar berildi.

“Simbat-Nurshat”, “Resdaulet”, Buribay-quduq”, “Darxan-2019” MCHJlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi “Qorako‘lchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 sentyabrdagi “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibi to‘g‘risida”gi va 2020 yil 19 fevraldagi “Naslchilik xo‘jaliklari maqomini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida o‘rganishlar o‘tkazilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Shuningdek, tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limining “Kerizbulaq” veterinariya uchastkasida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan tekshirish o‘tkazilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Inspeksiyaning Tomdi tuman bo‘limi tomonidan sohaga oid Qonun, qaror va boshqa hujjatlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash yuzasidan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

 

A.Bo‘riyev, O‘zA