Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomdi beshbarmog‘ini tatib ko‘rganmisiz?
07:16 / 2023-08-11

FOTOREPORTAJ

Beshbarmoq – ko‘pchilik sevib iste’mol qiladigan milliy taomlardan. Ayniqsa, Navoiy viloyatida bu taomni ko‘p tayyorlashadi.  

[gallery-13078]

Tomdiliklarda mehmon sharafi uchun jonliq so‘yib, beshbarmoq bilan siylash an’anaga aylangan. Bu taomning o‘ziga xos ta’mi uning tayyorlash siri bilan bog‘liq. Ya’ni ushbu taomga oftob tig‘ida quritilgan, tuzlangan qo‘y go‘shti – “sur go‘sht” solinadi. Bundan tashqari tuya, mol hamda otning qazisi ham ishlatiladi. Asosan go‘sht va xamirdan iborat beshbarmoq suzilganida, albatta, mehmonga taomga solingan qo‘yning pishirilgan kallasi keltiriladi. Bu hurmat va ehtirom belgisidir. Ushbu xamirli taom qo‘l bilan yeyilgani bois “Beshbarmoq” deb nomlangan.  

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/rgVpiln6T8I" title="Томди бешбармоғини татиб кўрганмисиз?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Siroj ASLONOV(surat),O‘zA