Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomchilatib sug‘orish – hosildorlik omili
06:12 / 2023-07-12

FOTOREPORTAJ

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi “Yangiboy Ochil g‘allakor” fermer xo‘jaligi jamoasi joriy mavsumda 43 tonnalik bug‘doy xirmonini bunyod etib, g‘alla sotish shartnomasini oshig‘i bilan uddaladi. Shu kunlarda somondan tozalanayotgan maydonning 3 gektari o‘ndan ortiq oilaga takroriy ekin uchun 20 sotixdan ajratib berilmoqda.  

[gallery-12738]

— 42 gektar yerda paxta va g‘alla yetishtirishdan tashqari 1,5 gektarli uzumzor ham bor, - deydi fermer xo‘jaligi boshlig‘i Orifjon Ochilov. - O‘tgan yilgi dehqonchilik mavsumida 34,5 gektar paxta maydonidan davlat shartnoma rejasiga muvofiq 142 tonna o‘rniga 147 tonna hosil olib, jamoamiz sof foydasini qariyb 700 million so‘mga yetkazganmiz. Ikkinchi yildirki, g‘o‘za parvarishlanayotgan konturlarimizning 22,5 gektarida tomchilatib sug‘orishni yo‘lga qo‘yganmiz. Buning evaziga hosildorlikni o‘rtacha 40 sentnerga oshirish imkoniga ega bo‘ldik. Bu yil ham “Buxoro-8” navidan barakali xirmon ko‘tarish harakatidamiz.

 

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA