Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomchilatib sugʻorish usulida oʻrtacha 30 foiz iqtisod qilindi
14:03 / 2020-01-18

Zamonaviy suv tejovchi sugʻorish texnologiyasi qoʻllansa, mineral oʻgʻitlar samaradorligi 30 foizgacha, yoqilgʻi 60 foizga iqtisod qilinadi.


Zamonaviy suv tejovchi sugʻorish texnologiyasi qoʻllansa, mineral oʻgʻitlar samaradorligi 30 foizgacha, yoqilgʻi 60 foizga iqtisod qilinadi. Suv 1 gektarga 40- 50 foizgacha, urugʻlik chigit 40 foizga tejaladi va hosildorlik 5-10 sentnerga ortadi.

Bu haqida Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashida oʻtkazilgan koʻrgazmali seminarda alohida qayd etildi.

–2019-yilda yurtimizda 36 ming 600 gektar maydonda tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish yoʻlga qoʻyildi, – deydi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi oʻrinbosari Shokir Rahimov. – Tahlillarga koʻra 2019-yilda 11 ming 350 gektar paxta maydonida suv tejovchi texnologiyalar koʻllangani tufayli 40.2 million m³ suv tejaldi. Mineral oʻgʻitlardan foydalanish hajmi 8.4 ming tonnadan 6.7 ming tonnaga qisqardi. Shu tariqa ishlab chiqarish xarajatlari optimallashib 9,4 milliard soʻmdan 3.7 milliard soʻmga qisqardi.

Qayd etish kerakki, tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar mamlakatimizda eng qadrli neʼmatga aylangan suv resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishga xizmat qiladi. Bunday imkoniyatlardan keng foydalanayotgan mulk egalari ham koʻpchilikni tashkil etmoqda.

–Oʻtgan yili 48 gektar maydonda tomchilatib sugʻorishni joriy etdik, –deydi Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Agroprodukt” fermer xoʻjaligi rahbari Hamid Gʻayibov. – Texnologiyamiz yevropada ishlab chiqarilgan boʻlib, tanlashda uning tejamkorligini inobatga oldik. Oʻrnatishda joyni va konturni toʻgʻri tanlash kerak ekan. Biz 35 metr chuqurlik qazib motor yordamida suv olishni yoʻlga qoʻydik. Shunday boʻlsada, har yilgiga nisbatan oʻrtacha 30 foiz iqtisod qilishga erishdik. Shu bois joriy yilda yana 90 gektarda tomchilatib sugʻorishni yoʻlga qoʻyish harakatini boshlab yubordik.

Qayd etish kerakki, Prezidentimizning “Qishloq xoʻjaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qaroriga asosan subsidiyalar beriladi. Misol uchun, har gektar hisobiga tomchilatib sugʻorish tizimlari uchun 8 million, yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari uchun 4 million, diskretli sugʻorish tizimi uchun 1 million soʻm belgilangan.