Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomas Tuxel: Mbappe Messi emas, u – strayker
09:00 / 2019-03-10

PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel oʻz shogirdi Kilian Mbappe haqidagi iliq fikrlari bilan oʻrtoqlashdi


PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel oʻz shogirdi Kilian Mbappe haqidagi iliq fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

”Bu yigit har bir oʻyinni intiqlik bilan kutadi, 20 yildan buyon shunday xarakterga ega, juda kuchli. Shuning uchun unga har doim ham oson emas, chunki kuchlilar hech qachon shunchaki, oddiy yoʻlni tanlamaydilar.

Mbappe meni murabbiy sifatida tanqid qiladi va ayni paytda u yoqimtoy yigit. Bu men uchun juda muhim. Bunday xarakterdagi sportchilardan koʻp narsalarni kutsa boʻladi. Atrofdagilarning tanqidiga eʼtibor qilmasligi kerak. Boisi u mashhur futbolchi boʻlishni xohlaydi.

Kilian haqiqiy strayker. U Messi emas. Dunyoning eng yaxshi hujumchisi boʻlishi mumkin va faqat shu yoʻlda ketmoqda. Mbappeni Ronalduga qiyoslayman”, deydi Tuxel BT Sport jurnalisti bilan suhbatda.