Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomas Bax Tokio Olimpiadasi bo‘lishini ma’lum qildi
19:09 / 2021-05-22

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax COVID-19 pandemiyasining yangi kasallanishlar holati kuzatilayotgani va Yaponiyaning aksariyat aholisi qarshilik bildirayotganiga qaramay, Tokio Olimpiadasi belgilangan tartibda davom etishini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, misli ko‘rilmagan inqiroz tufayli bir yilga qoldirilgan Olimpiadaga mezbonlik qilish hanuz “tun oxirida yorug‘ kun” borligiga umid bag‘ishlaydi.

Bax Xalqaro xokkey federatsiyasining 47-kongressidagi virtual chiqishida shunday bayonot berdi, deya xabar beradi indianexpress.com nashri.