Navoiy viloyati hokimligi, Oila va xotin-qizlar, Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar hamda Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi boshqarmalari hamkorligida “To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni yanada mustahkamlash, ularning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ularning qalbida ona Vatanimiz hamda xalqimizga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirishga qaratilgan mazkur tanlovda barcha shahar va tumanlar bosqichida g‘olib bo‘lgan umumta’lim maktablarining 9-11-sinf qizlaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdi. 5 nafar ishtirokchidan iborat jamoalar 5 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
[gallery-12072]
Yakuniy natijaga ko‘ra, 1-o‘rinni Zarafshon shahridagi 2-umumta’lim maktabining “Yangi O‘zbekiston To‘marislari” jamoasi, 2-o‘rinni Navoiy shahridagi 12-ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabning “Qaqnus” jamoasi va 3-o‘rinni Karmana tumanidagi 21-umumta’lim maktabining “Jasoratli qizlarjon” jamoasi egalladi.
1-o‘rinni egallagan zarafshonlik qizlar joriy yilning iyun oyida o‘tkaziladigan tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etadi. Tanlov so‘ngida barcha g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
A.Bo‘riyev,
S.Aslonov (surat), O‘zA