Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘lqin Qilichevning salomatligi bilan bog‘liq xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berildi
11:40 / 2024-08-11

Jahon boksida o‘ziga xos tarixiy natija qayd etgan O‘zbekiston terma jamoasining bosh murabbiyi To‘lqin Qilichevning salomatligi mavzusida internet tarmoqlarida xavotirli xabarlar tarqaldi.

Unda bosh murabbiy Hasanboy Do‘smatov qo‘lga kiritgan oltin medalni nishonlash jarayonida yurak xurujiga uchragani, Buyuk Britaniya jamoasining tibbiyot xodimlari uning hayotini saqlab qolishga yordam berganidan keyin Olimpiya qahramonlariga aylangani, britaniyalik shifokor Xarj Singx va fizioterapevt Robbi Lillis tomonidan yordam ko‘rsatilgani, murabbiy hozirda kasalxonaga yotqizilgani, uning holati barqaror deb baholanayotgani aytilgan.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston boks federatsiyasi To‘lqin Qilichevning salomatligi borasida rasmiy bayonotini e’lon qildi.

Ma’lumki, murabbiylik faoliyati juda murakkab ish bo‘lib, ayniqsa, bu darajadagi nufuzli Olimpiya o‘yinlariga jamoani tayyorlash, musobaqadagi ishtirokdan so‘ng g‘alaba va mag‘lubiyatga ko‘nikish murabbiydan katta ruhiy bosimni, shu bilan birga bunday yuqori darajadagi musobaqa odamdan kuchli matonat va ruhiy zo‘riqishlarni talab qiladi.

Terma jamoa bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev yozgi Olimpiya o‘yinlarining boks musobaqalari davomida ayni holatni boshidan o‘tkazgan. Sog‘lig‘ida biroz muammolar kuzatilgan hamda sportchilar kiyinish xonasida tashkiliy qo‘mita shifokorlari tomonidan murabbiyga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Hozirgi kunda murabbiyimizning sog‘ligi mo‘’tadil, o‘zini yaxshi his qilmoqda. Biroz muolajalar olishi talab etiladi.

Ishonamizki, tajribali va mahoratli murabbiyimiz tez kunlarda jamoamiz safiga qaytib, yana bokschilarimizni g‘alabalar tomon boshlab boradi, deyiladi bayonotda.

T.Ro‘ziyev, O‘zA