Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘lqin Qilichev Serbiyaga bormaydi. Nega?
15:29 / 2021-10-21

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha o‘tadigan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining shijoatli murabbiylaridan biri To‘lqin Qilichev ishtirok etmaydi.

Jahon chempionati oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob bergan O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliyev mazkur holatni quyidagicha izohladi:  

–Ma’lumki, 2022 yilning yanvar oyida mamlakatimiz poytaxtida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida qit’a chempionati o‘tkaziladi. Terma jamoaning kengaytirilgan tarkibi ushbu birinchilikka hozirlik ko‘rmoqda. O‘zbekiston boks federatsiyasi murabbiylar shtabi tajribali mutaxassisimiz To‘lqin Qilichevni ushbu yoshdagi terma jamoani Osiyo chempionatiga tayyorlash bo‘yicha mas’ul etib belgilagan. Shu sababli bir nechta jahon chempionlari va olimpiya o‘yinlari g‘oliblarining ustozi Qilichev Toshkentda Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan bokschilar bilan mashg‘ulotlarni davom ettiradi.

 

T. Ro‘ziyev,O‘zA