French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘lov tashkilotlarini litsenziyalash tartibi tasdiqlandi
13:46 / 2023-05-13

Markaziy bank qarori bilan To‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi.

Litsenziya olish uchun talab va shartlari, to‘lov tashkilotining ta’sischilari, rahbarlari va ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘yiladigan talablar,

tashkiliy va texnik talablar, shuningdek, xavfsizlik va ishning uzluksizligiga qo‘yiladigan talablar, litsenziya olish uchun taqdim etilishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, arizani ko‘rib chiqish, litsenziya berish yoki rad etish tartibi; litsenziyani qayta rasmiylashtirish, amal qilishini to‘xtatib turish va bekor qilish tartibi.

O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar hamda norezident yuridik va jismoniy shaxslar to‘lov tizimi operatori yoki to‘lov tashkiloti muassislari (ishtirokchilari yoki aksiyadorlari) bo‘lishi mumkin.

Xalqaro moliya institutlari, chet el banklari hamda chet el to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari hisoblanmaydigan norezident yuridik shaxslar hamda norezident jismoniy shaxslarning to‘lov tizimi operatori va to‘lov tashkiloti ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) jami ulushi ellik foizdan oshmasligi kerak.

To‘lov tizimi operatori va to‘lov tashkiloti ijro etuvchi organlarining rahbarlari oliy ma’lumotga ega bo‘lishi va bank-moliya sohasida yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kamida ikki yillik tajribaga ega bo‘lishi kerak.

Nizomda belgilangan ishchanlik obro‘siga doir talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.

Litsenziya O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan cheklanmagan muddatga beriladi. To‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish huquqi litsenziya berilgan vaqtdan boshlab vujudga keladi.

Litsenziya berilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorida davlat boji undiriladi.

 

Sh.Mamaturopova,

O‘zA