French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 10 dekabrga qadar uzaytirildi
19:04 / 2022-11-10

Davlat qabul komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilida OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda o‘qishini ko‘chirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun belgilangan kontrakt to‘lovlarini to‘lashning so‘nggi muddati joriy yilning 10 dekabriga qadar uzaytirildi.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar, xorijiy (filiallar) va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishini ko‘chiriyotgan talabalar uchun bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘lash va talabalar safiga qabul qilishning so‘nggi muddati 10 dekabr etib belgilandi.

O‘zA