Tolibonlar Trampning muzokara o‘tkazishni bekor qilganidan norozi
AQSh Prezidenti Donald Tramp tinchlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni va harakat rahbarlari bilan uchrashuvni bekor qilganidan keyin tolibonlar Afg‘onistonda o‘z kurashini davom ettirmoqchi.
AQSh Prezidenti Donald Tramp tinchlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni va harakat rahbarlari bilan uchrashuvni bekor qilganidan keyin tolibonlar Afg‘onistonda o‘z kurashini davom ettirmoqchi.
ToloNews bu haqda xabar bermoqda.
Avvalroq Tramp tolibonlarning rahbarlari bilan, shuningdek, Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani bilan yakshanba kungi uchrashuvini bekor qilgandi.
Bunday qarorga kelishiga u Qobuldagi 12 kishi, jumladan, amerikalik harbiylar halok bo‘lgan terrorchilik harakatini sabab qilib ko‘rsatgan.