Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tolibon vakili Turkiyani Afg‘onistonning tiklanishi bo‘yicha loyihalarda ishtirok etishga chaqirdi
09:44 / 2021-10-01

Tolibon tashkil qilgan Afg‘onistondagi vaqtinchalik hukumat rahbarining o‘rinbosari, Abdul G‘ani Barodar Turkiyani Afg‘onistonning tiklanishi va rivojlanishi bo‘yicha loyihalarda ishtirok etishga chaqirdi.

Tolibon hukumatining “Twitter”dagi sahifasida ma’lum qilinishicha, Barodar Turkiya elchisi Jihad Ergin bilan uchrashuv davomida shunday murojaat bilan chiqqan.

“Barodar ikki davlat o‘rtasida yaxshi munosabatlar saqlanib qolganini ta’kidlab, Turkiyani Afg‘onistondagi loyihalarda qatnashishga chaqirdi”, deyiladi ma’lumotda.

O‘z navbatida, turk elchisi Anqara “Afg‘onistonda barqarorlik o‘rnatilishini kutayotgani va hamkorlik uchun ochiq”ligini va kelgusida Qobul aeroporti ta’mirlanib, havfsizligi ta’minlanishini aytdi.