Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tolibon vakili Turkiyadagi diplomatik forumga taklif etildi
08:20 / 2022-03-09

Afg‘onistondagi hukumatning tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchisi Amir Xon Muttakiy Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li taklifiga muvofiq mazkur davlatga keldi.

“Yeadaily” xabariga ko‘ra, bu haqda tolibon tashqi ishlar mahkamasi ma’lum qilgan.

Mahkama vakili Abdul Qahhor Balxiyning aytishicha, vazir Antaliyadagi diplomatik forumda qatnashib, turli davlatlarning delegatsiyalari bilan uchrashadi va Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladi. Antaliyada 11-13 martda bo‘luvchi forumda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning ishtiroki kutilmoqda.