Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tolibon” vakili Afg‘onistonda demokratiya bo‘lmasligini ma’lum qildi
11:05 / 2021-08-19

Reyter agentligining xabar berishicha, “Tolibon” harakati vakili Vohidulla Hoshimiy Afg‘onistonda demokratiya bo‘lmasligi, mamlakat shariat qonunlariga muvofiq boshqarilishi haqida bayonot bergan.

"Mamlakatda demokratik tizim bo‘lmaydi, albatta, chunki mazkur tizimning  mamlakatimizga hech qanday aloqasi yo‘q... Biz Afg‘onistonda qanday siyosiy tizim qo‘llanishi kerak, degan masalani  muhokama qilmaymiz, chunki buning javobi oldindan ma’lum. Bu shariat qonunlari, albatta", - deydi Hoshimiy.