“Tolibon” Rossiya va Xitoy ularni qo‘llab quvvatlayotganini ta’kidladi
“Tolibon” harakatining rasmiy vakili Suxayl Shaxinning fikricha, Rossiya bilan Xitoy ularni qo‘llab-quvvatlaydi.
Britaniyaning Sky News telekanaliga intervyu bergan chog‘da jurnalistlar Shaxinga toliblar Pokiston, Xitoy va Rossiyadan moliyaviy yordam oladimi, deb savol bergan. “Tolibon” vakili yordam olmaganini aytib, toliblar ushbu mamlakatlar bilan yaxshi munosabatda ekanini ta’kidlagan.
"Biz ushbu mamlakatlardan siyosiy ko‘mak olamiz. Biz Xitoyga bordik, Rossiyada ham bo‘ldik... "Tolibon" Afg‘onistonda siyosiy va harbiy kuch, bu haqiqat va ular buni qo‘llab-quvvatlaydi", - deb javob berdi u jurnalistlarning toliblar Rossiya, Xitoy va Pokistondan qanday yordam oladi, deb bergan savoliga javob berar ekan.