Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tolibon harakati Afg‘onistonda yangi hukumat tarkibi e’lon qilinishini ma’lum qildi
09:29 / 2021-09-07

Tolibon harakati Afg‘onistondagi yangi hukumat tarkibini e’lon qilishga tayyor, deb ma’lumot berdi harakat vakili Ahmadulla Muttakiy o‘zining “Twitter”dagi sahifasida.

Yangi vazirlar mahkamasi tez orada ma’lum qilinadi.  

Avvalroq, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Afg‘onistondagi yangi hukumat o‘zida afg‘on jamiyatining barcha qatlamlari vakillarini mujassam qilsagina qo‘llab-quvvatlanishi va Rossiya tomoni taklif qilinganlar qatori yangi hukumat inauguratsiyasida qatnashishini, faqat shunday hukumat Afg‘onistondagi tinchlik barqarorligini ta’minlashini aytgandi.