Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tolibon” Bag‘rom havo bazasida xorijiy qo‘shinlar yo‘qligini aytmoqda
14:01 / 2025-07-22

Bag‘rom aviabazasida xorijiy qo‘shinlar yo‘q, dedi Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy Kobul Diplomatik akademiyasida o‘qishni tamomlagan talabalarga diplom topshirish marosimida.

“Alemarah” yangiliklar portaliga ko‘ra, Muttaqiyning bayonoti AQSH prezidenti Donald Trampning aviabazada go‘yoki Xitoy qo‘shinlari borligi haqidagi takroriy bayonotlariga javoban berilgan

– Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonni, uning xalqini va o‘lkamiz siyosiy tizimini to‘g‘ri tushunishi kerak, -dedi vazir Muttaqiy. – Tramp bu haqiqatni diqqat bilan tinglashi kerak.

Shuningdek, u Afg‘oniston dunyo bilan siyosiy, iqtisodiy va diplomatik hamkorlikka intilayotganini, lekin hech qanday harbiy aloqalarni qabul qilmasligini aytib o‘tgan. 

– Muttaqiy jahon hamjamiyatini Afg‘oniston hududida xorijiy harbiy kuchlar yo‘qligiga ishontirdi, -deya qo‘shimcha qildi nashr.

S.Rahimov, O‘zA